Yangi avlod tadbirkorlari dasturi
Coming Soon · Tez Kunda

Harvard Division of Continuing Education bilan hamkorlikdagi biznesni tezlashtirish dasturi

O‘zbekistondagi o‘sish salohiyatiga ega tadbirkorlar va biznes egalari uchun strategik qarorlar qabul qilish, operatsiyalarni tizimlashtirish hamda biznesni xalqaro darajaga ko‘tarishga qaratilgan intensiv dastur.

Kutish ro‘yxatiga qo‘shilishBirinchilardan bo‘lib xabardor bo‘ling
Hamkor
Dastur haqida

Umumiy ko‘rinish va bosqichlar

Dastur shunchaq nazariy bilim berish bilan cheklanmay, tadbirkorlarni strategik tushunchalardan aniq amaliy qarorlar va ijroga yo‘naltirish uchun ishlab chiqilgan. Ishtirokchilar jahon miqyosidagi ekspertlar bilan birga o‘z bizneslarining 12 oylik strategik o‘sish xaritasini shakllantiradilar.

Dastur formati va bosqichlari
01

Pre-Onsite Webinar (90 daqiqa)

Tayyorgarlik va biznesdagi asosiy to‘siqlarni aniqlash, guruh a’zolari tajribasini benchmark qilish.

02

5 kunlik intensiv oflayn dastur (Toshkentda)

Harvard ekspertlari ishtirokida strategiya, moliya, savdo va masshtablash bo‘yicha amaliy sessiyalar.

03

6 haftalik onlayn amaliyot (Implementation Clinics)

Ishlab chiqilgan strategiyani amalda qo‘llash, natijalarni tahlil qilish va ekspertlar nazorati.

04

Post-dastur kouching (ixtiyoriy)

Saralangan bizneslar uchun mentorlar bilan 1:1 va kichik guruhlarda maslahat sessiyalari.

Dastur mavzulari

Dasturda qamrab olinadigan asosiy modullar

Har bir modul aniq natija bilan yakunlanadi va biznesingizga tatbiq etiladigan amaliy vositaga aylanadi.

01

Biznes strategiyasi va o‘sishni rejalashtirish (Business Strategy & Growth Planning)

  • Bozorda to‘g‘ri pozitsiyalanish va raqobat ustunligini belgilash
  • O‘sishni sekinlashtirayotgan omillarni aniqlash va ustuvor yo‘nalishlarni tanlash
Natija:Biznesning strategik diagnostikasi va asosiy o‘sish ustuvorliklari.
02

Tadbirkorlik moliyasi va kapital taqsimoti (Entrepreneurial Finance & Capital Allocation)

  • Pul oqimlari (cash flow) prognozi va boshqaruvi
  • Unit-iqtisodiyot, rentabellik va o‘sish balansi
Natija:Kapitalni to‘g‘ri yo‘naltirish va investitsiya xaritasi.
03

Daromadni oshirish va mijozlarni jalb qilish (Revenue Growth & Customer Acquisition)

  • Mijozlar segmentatsiyasi va Go-to-market rejalashtirish
  • Narx belgilash (pricing) strategiyalari va mijozlar sodiqligini oshirish
Natija:Daromadni ko‘paytirish va savdo tizimini kengaytirish rejasi.
04

Operatsiyalarni masshtablash va tizimlashtirish (Scaling Operations & Capabilities)

  • Masshtablashdagi to‘siqlarni bartaraf etish
  • Vazifalarni to‘g‘ri delegatsiya qilish va boshqaruv tizimini qurish
  • Sifat va korporativ madaniyatni yo‘qutmasdan o‘sish
Natija:Biznes jarayonlarini tizimlashtirish strategiyasi.
05

Xalqaro bozorlarga chiqish (International Expansion & New Market Growth)

  • Xalqaro bozorga chiqishga tayyorgarlikni baholash
  • Bozorni tanlash, kirish strategiyalari va xatarlarni boshqarish
Natija:Xalqaro bozor imkoniyatlari xaritasi.
06

Strategik yetakchilik va 90 kunlik amaliy reja (Strategic Leadership & 90-Day Action)

  • Barcha yo‘nalishlarni (strategiya, moliya, marketing, operatsiya) yagona tizimga jamlash
Natija:12 oylik strategik reja va dastlabki 90 kunlik aniq qadamlar.
Dastur natijalari

Dastur yakunida ishtirokchilar nima oladi?

Harvard DCE rasmiy sertifikati

Harvard Division of Continuing Education rasmiy sertifikati — raqamli va bosma shaklda.

12 oylik amaliy o‘sish rejasi

O‘z biznesi uchun tayyorlangan, tasdiqlangan 12 oylik strategik o‘sish rejasi va 90 kunlik ijro kun tartibi.

Xalqaro ekspertlar tahlili

Xalqaro instruktorlar va biznes mentorlaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahlil va tavsiyalar.

Kuchli hamjamiyat

Kuchli tadbirkorlar hamjamiyati bilan doimiy networking va sheriklik imkoniyatlari.

Harvard UniversityDivision of Continuing Education
Kutish ro‘yxati

Saralash so‘rovnomasi

“Yangi avlod tadbirkorlari” va Harvard DCE biznesni rivojlantirish dasturi — ishtirokchilar uchun saralash so‘rovnomasi. Hurmatli tadbirkor! Mazkur so‘rovnoma O‘zbekistondagi o‘sish salohiyatiga ega biznes egalari uchun Harvard Division of Continuing Education ekspertlari hamkorligida tashkil etilayotgan intensiv akseleratsiya dasturiga talabgorlarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilmoqda. Ushbu anketani to‘ldirish orqali siz dasturga birinchilardan bo‘lib ariza topshirish va saralash jarayonida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz. To‘ldirish uchun taxminan 3–5 daqiqa vaqt talab etiladi.

1Shaxsiy ma’lumotlar
2Biznes haqida
3Yakuniy
Qadam 1 / 3